» » “Qora niyat” turk serialining yangi mavsumi tizeri e’lon qilindi: Shahika qamoqda (video)

“Qora niyat” turk serialining yangi mavsumi tizeri e’lon qilindi: Shahika qamoqda (video)


“Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Qora niyat” (“Yasak elma”) turk serialning yangi mavsumi tizeri e’lon qilindi.

Bir daqiqalik videoda serial qahramoni Shahikaning qamoqqa tushgani, qamoqda uni qandaydir ayol kutib olgani hamda bu holat uni qattiq qo‘rqitib yuborganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, “Qora niyat” seriali 2018-yilda Turkiyaning Medyapim kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan. Kartina rejissori— Neslihan Yeshilyurt. Unda bosh rollarni Talat Bulut, Shevval Sam, Eda Eje, Nesrin Jevadzade kabi iste’dodli aktyorlar ijro etgan. Serial Turkiyaning Fox telekanalida efirga uzatiladi.

Serial bosh qahramoni yirik biznesmen — Halit Ergench. Uning ayollarga suyagi yo‘q, shu sabab to‘rt marta uylanib, ajrashgan. Halitning sobiq xotinlari Ender (Shevval Sam) va Yildiz (Eda Eje) dastlab bir-birini ko‘rishga ko‘zi yo‘q dushmanlar edi, keyinchalik ularning hayotiga yangi raqib — Shahika (Nesrin Jevadzade) kirib keldi. Shundan so‘ng Yildiz va Ender Shahikaga qarshi kurashish uchun birlashdi. Uch ayol o‘rtasidagi mojaro turli makr va hiylalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Serialni suratga olish ishlari karantin tufayli to‘xtab qolgan edi. Uning yangi mavsumida tomoshabinlar raqiblaridan o‘ch olish, shuningdek, turli qabih rejalarini amalga oshirish uchun bir nechta jinoyatlarni sodir etgan Shahikani qamoqda ko‘radi.

Mavzuga doir: “Qora niyat”dagi Shahika — Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют