» » Farg‘onada yuk avtomobili haydovchisi urib yuborgan 66 yoshli piyoda voqea joyida vafot etdi

Farg‘onada yuk avtomobili haydovchisi urib yuborgan 66 yoshli piyoda voqea joyida vafot etdi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yuk mashinasi piyodani urib yubordi. Oqibatda 66 yoshli piyoda voqea joyida vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 2020-yil 29-iyul kuni sodir bo‘lgan.

28 yoshli haydovchi M.A. “Zil-130” yuk mashinasini O‘zbekiston tumanining O‘qchi dasht qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan Q.B.ni urib yuborgan. Natijada 66 yoshli jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda Matiz haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan fuqaroni urib yuborgani, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani xabar berilgandi. Qashqadaryoda esa Cobalt haydovchisi 14 yoshli qiz va uning 3 yoshli jiyanini urib ketgandi. YTH ishtirokchilaridan biri voqea joyida, yana biri esa shifoxonada vafot etgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют