» » Dunyoning eng manzarali aeroportlari aniqlandi

Dunyoning eng manzarali aeroportlari aniqlandi


Karib dengizining Saba orolidagi Xuancho-Irauskin aeroporti dunyodagi eng manzarali havo qo‘nalg‘asi deb topildi. Bu haqda PrivateFly tadqiqot kompaniyasi saytida ma’lum qilindi.

Shuningdek, mazkur aeroport uchish-qo‘nish maydoni dunyodagi eng qisqasi (atigi 400 metr) sanaladi.

Ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rinni Donegol aeroporti (Irlandiya) egalladi. Bu yerga muntazam reyslarni faqat bitta aviakompaniya amalga oshiradi.

Uchinchi o‘rinda Nitssada (Fransiya), Lojuvard qirg‘oqda joylashgan aeroport qayd etildi.

Shuningdek, reyting o‘nligiga Gibraltar, Kvinstaun (Yangi Zelandiya), London-Siti (Buyuk Britaniya), malika Yuliana (Karib orollari), Orlando (AQSh), Barra (Buyuk Britaniya) va Billi Bishop Toronto Siti (Kanada) aeroportlari kiritildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют