» » Sayyohlar dunyoning eng yaxshi va yomon aeroportlarini aniqlab berdi

Sayyohlar dunyoning eng yaxshi va yomon aeroportlarini aniqlab berdi


Sayyohlar Finlyandiyaning Xelsinki-Vantaa aeroportini dunyoda eng yaxshi deb topdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. 

Finlyandiya poytaxti aeroporti eDreams xalqaro turizm agentligi 65 mingdan ortiq sayyoh fikrlari asosida tuzilgan va tozalik, tekshirish zonalari samaradorligi, restoran va do‘konlar mavjudligi kabi 10 ko‘rsatkichni o‘z ichiga oluvchi ro‘yxatni boshqardi. 

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Glazgo (Buyuk Britaniya) va Syurix (Shveysariya) aeroportlari egalladi. Keyingi o‘rinlarda Germaniyaning Myunxen va Frankfurt-Mayndagi aeroportlari qayd etildi.

Shuningdek, sayyohlar dunyoning eng yomon aeroportini ham aniqlab berdi: Berlin-Shyonefeld (Germaniya) shunday bahoga loyiq ko‘rildi. Aksilreyting uchligiga Londonning Luton va Nyu-Yorkdagi La-Guardiya aeroportlari ham kirdi. 

Опубликовано: admin (9-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют