» » Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi


Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev onlayn tarzda apparat yig‘ilishi o‘tkazib, qator tayinlovlarni o‘qib eshittirdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Akbar Eshonqulov Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

2019-yildan Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati mudiri vazifasini bajaruvchi vazifasida bo‘lgan Shohjahon Omonov esa Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan.

Bo‘riboy Domotov Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi, Ulug‘murod Lutfullayev Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati 1-toifali mutaxassisi lavozimiga tayinlangan.

“Shuningdek, yig‘ilishda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbari Abdug‘ani Himmatovga tizimda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun hayfsan berildi”, — deyiladi xabarda.

Shu yilning fevral va aprel oylarida ham Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevga ikki nafar o‘rinbosar tayinlangan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют