» » Rossiyada xotiniga “fokus” ko‘rsatmoqchi bo‘lgan erkak unga o‘t qo‘yib yubordi

Rossiyada xotiniga “fokus” ko‘rsatmoqchi bo‘lgan erkak unga o‘t qo‘yib yubordi


Rossiyaning Vyazma shahrida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘ining “olovli fokusi” qurboni bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi Smolensk viloyat boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi Natalya Zuyeva ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

“Birgalikda ichkilik iste’mol qilayotgan payt er ayoliga olov purkash fokusini namoyish etmoqchi bo‘ladi. Og‘ziga spirtli suyuqlikni to‘ldirib, labiga alanga olgan yondirgichni yaqinlashtiradi va unga puflaydi. Olov yonida turgan xotiniga o‘tib, ayol tanasining 90 foizi kuydi. U olingan jarohatlar oqibatida uch kundan so‘ng kasalxonada vafot etdi”, — deya ta’kidladi Natalya Zuyeva. 

33 yoshli erkakka nisbatan “Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют