» » O‘zbekistonning sobiq adliya vaziri Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori etib tayinlandi

O‘zbekistonning sobiq adliya vaziri Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori etib tayinlandi


Oliy Majlis palatalari Kengashining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori lavozimiga Otaxonov Foziljon Haydarovich tayinlandi, deb xabar bermoqda parlament axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Foziljon Otaxonov huquqshunoslik sohasidagi yetuk olim, uzoq yillar davomida sud, adliya organlarida rahbar lavozimlarda ishlagan taniqli huquqshunos hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, institut 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish, Oliy Majlis palatalari, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, parlamentning qonun ijodkorligi ishlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori asosida 2017-yil 29-dekabr kuni tashkil etilgan.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan davrda institut tomonidan yuzdan ortiq qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan aniq takliflar kiritildi, Oliy Majlis palatalarining 12 ta qarori loyihasi, 50 dan ortiq qonunosti normativ-huquqiy hujjat loyihalari tayyorlanishi barobarida parlament faoliyati uchun o‘ta muhim bo‘lgan mavzularga oid 300 dan ziyod axborot-tahliliy ma’lumot hamda qonun loyihalari yuzasidan xorijiy tajribaga asoslangan ilmiy-huquqiy xulosalar taqdim etildi.

Institutning avvalgi direktori Rahimjon Hakimov 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют