» » Huquqshunos: 20 mingga yaqin qonun hujjatlaridan atigi 2,1 foizini qonunlar tashkil etadi

Huquqshunos: 20 mingga yaqin qonun hujjatlaridan atigi 2,1 foizini qonunlar tashkil etadi


“Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori, yuridik fanlar nomzodi Rahimjon Hakimovni suhbatga tortdi.

Suhbat davomida Rahimjon Hakimov o‘zi rahbarlik qilayotgan institutning maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Prezident Murojaatnomasida parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatidagi kamchilik va nuqsonlar asosli tanqid qilindi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflarni hayotga tatbiq etish maqsadida tashkil qilingan Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti zimmasiga ayni chog‘da bir necha yo‘nalishdagi vazifalar yuklatildi.

Ta’kidlash joizki, institut, eng avvalo, qonunchilik muammolarini, normativ-huquqiy hujjatlarni va huquqni qo‘llash amaliyotini, ya’ni qonunlarning hayotga qanday tatbiq etilayotganini o‘rganadi, Oliy Majlis palatalarining faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi.

Shuningdek, parlament palatalari, deputatlar va senatorlar faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi, ularning professionallik darajasini oshirishga ko‘maklashadi. Misol uchun, deputat yoki senator buyurtmasiga ko‘ra, biror-bir sohada kichik tadqiqot o‘tkazib, tegishli muammoning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ma’lumotnomalar tayyorlab beradi. Yoxud qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha bergan taklifini amalga oshirishda metodik, amaliy ko‘mak ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, qonunchilikni rivojlantirishning ilmiy konsepsiyalarini ishlab chiqadi. Masalan, hozirgi vaqtda bizda aksariyat kodekslarning qabul qilinganiga 20 yildan oshdi, o‘tgan davr mobaynida hayotimizda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi, ayniqsa, Harakatlar strategiyasida bir qator dolzarb vazifalar belgilandi. Bulardan kelib chiqib, milliy qonunchiligimizning rivojlanish tendensiyalarini aniqlashga qaratilgan konsepsiyalar yoki boshqacha aytganda, “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi. Bugungi kunda jami 20 mingga yaqin qonun hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan atigi 2,1 foizini qonunlar tashkil etadi. Institut mazkur ko‘rsatkich salmog‘ini, qonunlarning ulushini oshirish, eng muhimi, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish borasida tashabbuslar bilan chiqadi.

Rahimjon Hakimov, yuridik fanlar nomzodi, qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют