» » Qirgiziston parlament delegatsiyasi Oliy Majlisda uchrashuvlar otkazdi

Qirgiziston parlament delegatsiyasi Oliy Majlisda uchrashuvlar otkazdi


Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida Qirgiziston Jogorku Keneshi spikeri Dostonbek Jumabekov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bolib otdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Oliy Majlis Senati Raisi Nigmatilla Yoldoshev bilan uchrashuvda Ozbekiston Qirgiziston hamkorligi turli yonalishlarda jadal taraqqiy etayotgani, parlamentlararo aloqalarning mustahkamlanishi ozaro munosabatlarning yanada kengayishiga xizmat qilishi takidlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan suhbatdaqonun chiqaruvchi organlar ortasidagi aloqalar jadal suratlarda rivojlanib borayotgani,kelgusida ikki mamlakat munosabatlarini savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda mustahkamlashga yonaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi qayd etildi.

Qirgiziston delegatsiyasining tashrifi doirasida Oliy Majlis va Qirgiziston Jogorku Keneshi ortasida ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish boyicha Amaliy tadbirlar rejasi (Yol xaritasi) imzolandi.

Parlament delegatsiyasi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoydi. Ozbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan Chingiz Aytmatov va Ozbekiston mavzuidagi korgazma hamda Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy-marifiy yodgorliklar bilan tanishdi.

: admin (22-12-2017, 09:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -