» » Oliy Majlisda koreyalik parlamentariylar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlisda koreyalik parlamentariylar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida 25-sentabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Senat raisi N. Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, parlamentlararo aloqalar bu munosabatlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi jamiyat va davlat hayotini isloh etishning barcha sohalarini qamrab olgani qayd etildi.

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasida “Koreya – O‘zbekiston” parlament do‘stlik uyushmasi, Oliy Majlisda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh tashkil etilgan.

Tomonlar parlamentlararo munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashdi.

Qonunchilik palatasi spikeri N. Ismoilov bilan uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining spikeri Chon Se Gyun samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni mustahkamlanib borayotganini ta’kidlab, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqidagi fikrlarini bayon etdi.

Shuningdek, koreyalik mehmonlar Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-09-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют