» » O‘zLiDeP Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

O‘zLiDeP Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi


Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qonunlarni qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilish, ilg‘or xorijiy davlatlar qonunchiligi va tajribasini qiyosiy o‘rganish asosida qonunchiligimizni takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan mazkur institutning siyosiy partiyalar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Shu bois hujjatda ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash va 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi hamda Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, Harakatlar strategiyasi doirasida tayyorlanadigan qonun loyihalarining ekspertlar hamda jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilishini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishga kelishilgan. Hujjat partiya faoliyatida qonunchilik muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha aholi va elektoratning fikr-mulohazalari hamda takliflarini o‘rganish, qonun loyihalarini aholi o‘rtasida keng muhokama qilish va ilmiy ekspertizadan o‘tkazishda qo‘l keladi.

Tadbirda ushbu hamkorlik memorandumi tadbirkorlar huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют