» » TEAM University hujjatlarni qabul qilishni boshladi va o‘qishga qanday qilib grant olish mumkinligi haqida so‘zlab berdi

TEAM University hujjatlarni qabul qilishni boshladi va o‘qishga qanday qilib grant olish mumkinligi haqida so‘zlab berdi


TEAM University hujjatlarni qabul qilishni boshladi va o‘qishga qanday qilib grant olish mumkinligi haqida so‘zlab berdi. TEAM University tadbirkorlik universiteti 2020—2021-o‘quv yilida 500 nafar talabani qabul qiladi va ularning har biri uchun o‘qish narxining 35 foizini qoplaydi. TEAM University birinchi tadbirkorlik universiteti o‘qishga kirish uchun arizalarini qabul qilish boshlanganligini e’lon qildi. 2020—2021 o‘quv yilida universitet 500 talabani qabul qiladi va o‘qish to‘lovining uchdan bir qismini qoplaydigan grantlar beradi.

TEAM University prorektori Aleksey Semyonov talabalarni yangi o‘quv yilida nima kutayotgani, universitet qanday imkoniyatlarni yaratayotgani va o‘qishga qabul jarayoni qanday ketayotgani haqida so‘zlab berdi. Aleksey Semyonov Kembrij universitetining magistr darajasiga va akademik bo‘limni boshqarishda ko‘p yillik tajribaga ega. Uning vazifalariga xorijiy ellik sherik — London South bank university (LSBU) bilan birga ta’limda Buyuk Britaniya sifat standartlarini saqlab qolish hamda abituriyentlarni qabul qilish va talabalar bilan ishlash kiradi.

TEAM University — bu Toshkentda tadbirkorlik fikrlashiga ega, shaxsiy startaplarini yaratishga va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantarishda faol ishtirok etishga tayyor bo‘lgan bitiruvchilarni tayyorlaydigan birinchi universitetdir. TEAM University talabalarga nafaqat bugungi kunda, balki o‘qishni tugatgandan keyin ham to‘rt yil o‘tgach O‘zbekiston bozorida ishlash uchun muhim bo‘lgan ham nazariy, ham amaliy bilimlarni olish imkoniyatini Berishni maqsad qilgan. Ushbu maqsadga o‘qitishning akademik yo‘nalishini soft skills ni rivojlantirish bilan birlashtirish, Toshkentdagi yetakchi tadbirkorlar bilan tajriba almashish, mahalliy ishbilarmonlik muhitini o‘rganish, dunyodagi haqiqiy vaziyatlarni tahlil qilish hamda yetakchilik va aloqa ko‘nikmalariga e’ibor qaratish orqali erishish mumkin.

Yangi o‘quv yilida TEAM University talabalarini nima kutmoqda? O‘qishning birinchi yili umumiy yo‘nalish bo‘yicha o‘tadi, ikkinchi o‘quv yilidan boshlab esa talabalar biznesni boshqarish sohasidagi uchta yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin bo‘ladi. Ta’lim ingliz tilida olib borilib, O‘zbekiston bozori bilan yaqin hamkorlik: startap-inkubatorlar, mamlakatning eng yaxshi kompaniyalarida amaliyot o‘tash, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan aloqa o‘rnatish, tadbirkorlik sohasidagi xorijiy ekspertlarning ma’ruzalarini o‘z ichiga oladi.

TEAM University texnologik jihatdan rivojlangan yosh tadbirkorlarni chiqarishni maqsad qilgan, shuning uchun o‘quv jarayoni iloji boricha interaktiv bo‘lib, yangi texnologiyalardan foydalanishni va ta’limni raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi. TEAM University shaharchasi — bu shinam auditoriyalar, hamkorlik zonalari, ochiq jamoat joylari va parkingga ega zamonaviy binodir. Talabalar uchun samarali o‘qish va qulay muhitda o‘zini namoyon qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, TEAM University ma’muriyati COVID-19 koronavirus pandemiyasi sababli dunyodagi vaziyatni hisobga olgan holda, o‘quv jarayonidagi xatarlar va mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga oladi. Ehtimoliy cheklashlar oqibatlarini ta’lim jarayoniga zarar yetkazmasdan yumshatish maqsadida, TEAM University o‘rnatilgan o‘qitish natijalariga onlayn, aralashgan va an’anaviy rejimlarda erishishga imkon beradigan materiallar ishlab chiqmoqda va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlanmoqda.

Yangi o‘quv muassasasi dunyodagi eng yaxshi 1000 universitetlardan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning London South bank university tadbirkorlik universiteti bilan hamkorlik qiladi. Ta’lim standartlari Buyuk Britaniya sifat mezonlariga muvofiq keladi va bitiruvchilarga nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham o‘z faoliyatini boshlashga imkon beradi.

TEAM University’ga qanday qilib o‘qishga kirish mumkin?

2020—2021-o‘quv yilida universitet butun O‘zbekiston bo‘ylab abituriyentlar uchun 500 o‘rin ajratadi.

Hujjatlarni topshirishning butun jarayoni maxsus platformada tashkil etilgan va avgust oxirigacha davom etadi.

Abituriyentlarni tanlash mezonlari Buyuk Britaniya ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) tavsiyalari va Buyuk Britaniyadagi sherik LSBU talablariga muvofiq Buyuk Britaniya standartlariga asoslangan. Shu sababli, TEAM UniversityBuyukga o‘qishga kirishning minimal talablari BuyukBritaniya universitetlarining tanlov mezonlaridan kam bo‘lmasligi kerak. 2020—2021 o‘quv yilida universitet talabalarni kirish imtihonlarisiz qabul qiladi.

O‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

1. O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limni tugatganlik to‘g‘risida guvohnoma.

2. Buyuk Britaniyadagi sherik tomonidan tan olingan va CEFR B2 darajasiga mos keladigan sertifikatlar, masalan:

boshqa sertifikatlar ham individual tartibda ko‘rib chiqiladi.

3. Pasport nusxasi.

Barcha hujjatlar hamda ariza TEAM University ning ro‘yxatdan o‘tish tizimi: registration.teamuni.uz da onlayn tarzda qabul qilinadi

Grantni qanday olish mumkin?

O‘qishning birinchi yilida TEAM University ning mutlaqo barcha talabalari o‘qish narxining 35 foizi — 20,6 mln so‘m miqdorida grant olish imkoniyatiga egadirlar. Kursga qabul qilingan talabalar grant olish uchun “Nima uchun TEAM University?” mavzusida videofilmni yuborishlari yoki shu mavzuda ingliz tilida esse yozishlari kerak. A’lo o‘qiydigan talabalar ikkinchi yildan boshlab universitet ta’sischilari va hamkor tashkilotlar tomonidan shartnoma qiymatining 100 foizi qoplanishiga ega bo‘lishlari mumkin. TEAM University — bu xalqaro ta’lim sifati, qulay muhit hamda amaliy ish bilan akademik bilimlarningmutanosib uyg‘unligidir. TEAM University — bu O‘zbekiston zamonaviy biznes bozorining bir qismi bo‘lishni va uni yaxshilashni istaganlar maskanidir. teamuni.uz saytida TEAM University haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz va hujjatlarni onlayn ravishda topshirishingiz mumkin. TEAM University da o'qish masalasidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin:

(+998) 71-200-20-60.

Telegram: t.me/TEAMuniversityuz

Instagram: @teamuni_uz

Facebook: fb.com/teamuni.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют