» » Daegu Haany University delegatsiyasi Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

Daegu Haany University delegatsiyasi Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi


Janubiy Koreyaning Daegu Haany University delegatsiyasi ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya tarkibidan Daegu Haany University’ning xalqaro almashinuv dasturlari direktori Byun Kyinam, xalqaro almashinuv dasturlari koordinatori Da-Yeun Li, aviatsiya xizmatlari fakultetining professori Myung-Sun Sung o‘rin oldi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev Janubiy Koreya universitetining delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuv vaqtida u Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.

Daegu Haany University delegatsiyasining qayd etishicha, universitet O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirib, Janubiy Koreyada o‘qitish uchun talabalarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют