» » O‘zbekistonda 5-avgust kuni 746 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 1000 nafardan oshib ketdi

O‘zbekistonda 5-avgust kuni 746 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 1000 nafardan oshib ketdi


O‘zbekistonda 4-avgust soat 23:30 dan 5-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 746 ta holat qayd etildi. Bir kun oldin ham 746 kishida koronavirus aniqlangandi. Ketma-ket beshinchi kun kunlik kasallanish holati 700 dan yuqori bo‘lmoqda. 1-avgustda 774 kishining kasallanishi hozircha antirekord hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 27793 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 746 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 7 ta hududda koronavirusga chalinish holati kuzatildi. 25-iyuldan beri birinchi marta koronavirus aniqlangan hududlar soni 7 taga tushdi.

Toshkent shahrida 499 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Toshkent shahrida bir kunda kasallik aniqlanishi bo‘yicha antirekord hisoblanadi. 4-avgust kunidagi antirekord (489 kishi) bir kun o‘tiboq yangilandi. Kun davomida O‘zbekiston bo‘yicha aniqlangan holatlarning 67 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.

SSV 5-avgust kuni Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi. SSV Buxoro shahrida yashagan 61 yoshli T.B. ismli erkakning vafoti haqida ma’lumot berdi. Buxoro xalqaro aeroporti direktori Tohir Bahronov 3-avgust kuni 61 yoshida koronavirusga chalingach vafot etgani haqida bir kun oldin xabar bergandik.

Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashagan 67 yoshli X.K. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 171 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 179 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu sakkiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 839 nafar bemordan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

5-avgust kuni 732 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bir hafta ichida birinchi marta kunlik koronavirusga chalinish holatlari kasallikdan sog‘ayganlar sonidan yuqori bo‘ldi. 5-avgustda tuzalganlarning

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют