» » O‘zbekistonda 2-iyul kuni 297 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 113 tasi aholi orasida qayd etildi

O‘zbekistonda 2-iyul kuni 297 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 113 tasi aholi orasida qayd etildi


O‘zbekistonda 1-iyul soat 23:30 dan 2-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 297 ta holat qayd etildi. Bu kunlik yangi rekord hisoblanadi. Bungacha 30-iyun kunida 281 kishida kasallik aniqlanishi eng yuqori natija edi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 9078 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

Kun davomida 7 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 5 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Bir kun ichida aholi orasida aniqlangan holatlar soni 113 tani tashkil etdi. Bu 7-iyundan keyingi eng katta ko‘rsatkich. 7-iyunda aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 237 tasidan 217 tasi aholi orasida qayd etilgandi. Undan so‘ng aholi orasidagi holatlar biron marta ham 100 taga yetmagandi. 7-iyundan keyingi eng yuqori natija 8-iyunda qayd etilgan va o‘sha kuni aholi orasida 66 kishida kasallik aniqlangandi.

2-iyul davomida tibbiyot muassasalarida 187 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 130 nafar, Qashqadaryo viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 12 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9078 nafar bemordan 6034 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘zbekistonda hozirgacha koronavirus asoratlaridan 27 kishi vafot etgan.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 39 076 nafar, statsionar karantinda esa 24 722 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют