» » Toshkent viloyatidan poytaxtga o‘tkazilayotgan hududlar haqida batafsil ma’lumot berildi

Toshkent viloyatidan poytaxtga o‘tkazilayotgan hududlar haqida batafsil ma’lumot berildi


Sergelidagi Yangi hayot kichik tumani maydoni poytaxt va Toshkent viloyatidagi 6 tuman hududi hisobiga kengaytirilishi haqida xabar berilgan edi. Qurilish vaziri Botir Zokirov tumanlar hududlari chegaralaridagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalidagi dasturda ma’lum qilindi.

“Sergeli va yangi hududlarni inobatga olib, Yangi hayot tumanini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgandi. Yangi hayot hududining bir qismi Sergelidan, bir qismi Zangiota, bir qismi O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq hududidan o‘tgan. Bu hududlardan yerlar olinib, hozirgi kunga kelib Yangi hayot tumanining maydoni 4 ming gektardan ortiq bo‘ldi.

Zangiota tumanining 1800 gektarini Sergeliga qo‘shib berish taklifi tayyorlangan. Sergeli tumanining hududi 5300 gektar edi, ma’lum qismi Yangi hayot tumaniga o‘tdi, lekin Zangiota tumanidan Sergeliga qo‘shib berilgan yerlar bilan 5400 gektarga chiqdi.

Bektemir tumani eng kichik tuman bo‘lib, hududi 2 ming gektar edi. Prezident topshirig‘iga asosan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Zangiota hududlaridan yerlarni qo‘shish hisobiga Bektemir tumani 5300 gektar hududga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Chirchiq daryosining yon hududidan shaharga qaragan qismi bo‘yicha 4356 gektar yerni shaharga qo‘shish bo‘yicha taklif tayyorlandi. Toshkent shahriga 10 ming gektar joy qo‘shilgan bo‘lsa, Toshkent shahridan ming gektardan ortiq joy Toshkent viloyatiga ajratilyapti.

Shuningdek, Ulug‘bek posyolkasini Qibray tumanining ma’muriy markazi qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Sababi, Qibray juda katta tuman, lekin shu kungacha uning markazi yo‘q edi. Ulug‘bek posyolkasi oldin Mirzo Ulug‘bek tumaniga qarar edi va tumandan yiroqda joylashganligi, anklav holda bo‘lgani uchun unga e’tibor yo‘q edi”, – dedi Botir Zokirov.

Avvalroq Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi bo‘linib, yangi mahallalar tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют