» » Belarus chempionati. “Shaxtyor Soligorsk” amaldagi chempiondan ustun keldi, Jasur Yaxshiboyevdan golli uzatma

Belarus chempionati. “Shaxtyor Soligorsk” amaldagi chempiondan ustun keldi, Jasur Yaxshiboyevdan golli uzatma


Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 21-turida Soligorskning “Shaxtyor” klubi 6-avgust, payshanba kuni “Dinamo Brest”ni qabul qildi.

Uchrashuvda teng kurash kechdi, biroq maydon egalari vaziyatlarning birida raqib xatosidan unumli foydalanib, g‘alabani ilib ketdi. 79-daqiqada Jasur Yaxshiboyevning uzatmasidan keyin Dmitriy Podstrelov himoyachilarni ajoyib tarzda dog‘da qoldirdi va kuchli zarba bilan uzoq burchakni aniq nishonga oldi. Mana shu gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Shaxtyor” 43 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda va bitta zaxira o‘yiniga ega eng yaqin ta’qibchisi BATEni 6 ochko ortda qoldirgan. Amaldagi chempion esa 29 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

21-tur bahsi

6-avgust, payshanba

Gollar: 1:0 – 79 Podstrelov.

“Shaxtyor Soligorsk”: Gutor, Antich, Sachivko, Xadarkevich, Burko, Sotnikov (Balanovich, 66), Selyava, Podstrelov, Ivanovich, Arxipov (Bodul, 73), Yaxshiboyev.

“Dinamo Brest”: Ignatovich, Pechenin, Milevskiy, Kislyak, Noyok (Bikov, 46), Veretilo, Pavlovets, David Tve, Xacheridi, Laptev (Diall, 67), Gordeychuk.

Ogohlantirishlar: Gutor (3), Sotnikov (10), David Tve (15), Noyok (32), Xacheridi (63), Bodul (81), Kislyak (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют