» » Belarus chempionati. “Energetik-BGU” safarda mag‘lubiyatga uchradi va 4-o‘ringa tushib ketdi

Belarus chempionati. “Energetik-BGU” safarda mag‘lubiyatga uchradi va 4-o‘ringa tushib ketdi


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 12-turidan o‘rin olgan bahsda “Energetik-BGU” 7-iyun, yakshanba kuni “Shaxtyor Soligorsk” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Vitaliy Lisakovich tomonidan kiritilgan to‘p bahs taqdirini hal qildi. O‘yin davomida ustunlik maydon egalari tomonida bo‘ldi. Soligorskliklar yana bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, raqib darvozasiga bir martadan ortiq yo‘l topa olmadi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushdi. Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov bir bo‘lim o‘ynadi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “Shaxtyor” ochkolarini 24 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Energetik-BGU” esa (22) 4-pog‘onaga tushib ketdi.

Belarus Oliy Ligasi

12-tur bahsi

7-iyun, yakshanba

Gol: 1:0 – 12 Lisakovich.

“Shaxtyor Soligorsk”: Gutor, Burko, Antich, Xadarkevich, Sachivko, Szoke, Selyava (Bodul, 69), Ivanovich (Podstrelov, 46), Balanovich, Kendish, Lisakovich (Diasamidze, 85).

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Mavatu, Miroshnikov, Shkurdyuk, Svirepa, Tve, Umarov (Sovpel, 46), Girs, Bakich, Yaxshiboyev, Nosko.

Ogohlantirishlar: Burko (29), Bakich (49), Shkurdyuk (83).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют