» » Jasur Yaxshiboyev dubl qayd etgan o‘yinda “Shaxtyor” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Energetik-BGU” esa yana mag‘lub bo‘ldi

Jasur Yaxshiboyev dubl qayd etgan o‘yinda “Shaxtyor” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Energetik-BGU” esa yana mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 19-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 26-iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Soligorskning “Shaxtyor” klubi o‘z uyida “Smolevichi”ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Nikola Antich maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda “Shaxtyor” yana uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va ularning ikkitasiga Jasur Yaxshiboyev mualliflik qildi.

61-daqiqada Jasur maydon markazida to‘p egallab jarima maydoniga yorib kirdi va darvozaning o‘ng burchagini aniq nishonga oldi. 70-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi raqib himoyasidagi xatodan unumli foydalanib, dublini nishonladi.

Shu tariqa uchrashuvda to‘liq harakat qilgan Jasur chempionatdagi gollari sonini 12 taga yetkazib oldi.

“Energetik-BGU” o‘z uyida “Torpedo” bilan bahs yuritdi. Avvaliga minskliklar oldinga o‘tib olgandi: 31-daqiqada Shahboz Umarovning uzatmasidan keyin Dmitriy Girs hisobni ochdi. Biroq mehmonlar bunga to‘rtta to‘p bilan javob qaytardi. Mazkur bahsda Umarov to‘liq harakat qildi.

Shuningdek BATE klubi “Minsk”ni qabul qilib, raqibi darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.

19-turdan so‘ng Soligorsk jamoasi 37 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochko to‘plagan BATE esa keyingi o‘rinni band etgan. “Talabalar” esa 7-pog‘onaga tushib ketdi.

Belarus Oliy Ligasi

19-tur bahslari

26-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 31 Girs, 1:1 – 2 Premudrov, 1:2 – 48, penalti Premudrov, 1:3 – 65 Afanasyev, 1:4 – 81 Nikolayevich.

Gollar: 1:0 – 9 Antich, 2:0 – 61 Yaxshiboyev, 3:0 – 69 Szoke, 4:0 – 70 Yaxshiboyev.

Gollar: 1:0 – 5 Skavish, 2:0 – 45 Stasevich, 3:0 – 59 Baga, 4:0 – 61 Skavish, 5:0 – 77 Dragun, 5:0 – 90 Yablonskiy.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют