» » O‘zbekiston Senatining oltinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘z ishini boshladi. Unda 16 ta masala ko‘rib chiqiladi

O‘zbekiston Senatining oltinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘z ishini boshladi. Unda 16 ta masala ko‘rib chiqiladi


Toshkentda 7-avgust kuni O‘zbekiston Senatining oltinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘z ishini boshladi. Majlisni Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, shuningdek, UzReport telekanali orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin.

Senat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, majlisda markaziy va hududiy studiyalardan jami 76 senator ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, markaziy va Vazirlar Mahkamasidagi studiyadan hukumat a’zolari, ayrim idoralar rahbarlari, hududiy studiyalardan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitalari, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari rahbarlari ham qatnashmoqda.

Majlisda 16 ta masala, xususan, 8 ta qonun ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, “ ‘Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida’gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi va boshqa bir qator qonunlar shular jumlasidan.

Bundan tashqari, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini eshitish nazarda tutilgan.

Majlisda Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan va boshqa masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasi ham rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kun tartibidan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati to‘g‘risida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovlari yuborish masalasi ham o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 123) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют