» » Senatning yalpi majlisi boshlandi. Unda 23 ta masala ko‘rib chiqiladi

Senatning yalpi majlisi boshlandi. Unda 23 ta masala ko‘rib chiqiladi


Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ochiq deb e’lon qildi.

Majlisda 23 ta masala ko‘rib chiqiladi. Shundan 15 tasi qonunlardir. Ular orasida “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”, “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi yangi qonunlar bor. Qolganlari ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish va xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish bilan bog‘liq.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hisoboti, Adliya vazirining axboroti, Qashqadaryo viloyati hokimining hisoboti ko‘rib chiqiladi.

Bosh vazir va Bosh vazir o‘rinbosarlariga parlament so‘rovlari yuborilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, yalpi majlisda Prezidentning ayrim farmonlarini hamda Senat Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют