» » Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi

Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi


2019-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi.

Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisini joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga olib borilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlarning samaradorligini ta’minlashga, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijro etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi, “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Shuningdek, senatorlar ayrim qonun hujjatlariga hukumat a’zolarining parlament oldidagi mas’uliyati kuchaytirilishi, ayrim davlat organlari va tashkilotlari faoliyati, jinoyat, jinoyat-protsessual va ma’muriy qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ham ko‘rib chiqadilar.

Shu bilan birga, yalpi majlisda Senat a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar.

Yalpi majlisda Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham tinglanadi.

Senatorlar jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni soliqqa tortishga doir qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohada huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek, umumta’lim maktablari darsliklarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi yuzasidan hukumat a’zolariga parlament so‘rovlari yuborish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n sakkizinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan ishchi guruh tuzildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют