» » 28-iyun kuni Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisi o‘tkaziladi

28-iyun kuni Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisi o‘tkaziladi


22-iyun kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisini joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb yozadi TIV matbuot xizmati.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga O‘zbekistonning bir qator qonunlari hamda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirish, 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan masalalar kiritilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi (yangi tahrir), “Mediatsiya to‘g‘risida”gi, “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi (yangi tahrir), “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, yalpi majlisda senatorlar xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekistonning bir qator qonunlarini ham ko‘rib chiqadi, shuningdek Hisob palatasining 2017-yildagi faoliyati, prokuratura organlarining 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni, Tashqi ishlar vazirligining faoliyati, ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati haqidagi axborotni eshitadi. Yalpi majlisda Andijon viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham eshitiladi.

Senat a’zolari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi hamda yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi holati yuzasidan bosh vazirga parlament so‘rovlari yuborish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

Yalpi majlisda Senatning vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n beshinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan ishchi guruh tuzildi. Senat Kengashi o‘z vakolatiga doir boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют