» » Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi 13-dekabr kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi 13-dekabr kuni chaqiriladi


Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi 13 dekabr kuni Toshkent shahrida chaqiriladi. Bu haqda Senat axborot xizmati ma’lum qildi.

Yalpi majlis muhokamasiga 2019-yilgi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala kiritiladi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar ham kiritiladi. Xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar yalpi majlisda Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirlarining 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadi.

Yalpi majlisda Farg‘ona viloyati hokimi hisoboti bilan qatnashadi. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi raisining axboroti ham tinglanadi.

Senat a’zolari Bosh vazirga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati yuzasidan parlament so‘rovi yuborish bilan bog‘liq masalani ham muhokama qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют