» » UFC prezidenti Habib Nurmagomedovning kim bilan jang qilishini xohlamasligiga shama qildi

UFC prezidenti Habib Nurmagomedovning kim bilan jang qilishini xohlamasligiga shama qildi


UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov hamda promoushenning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Jorj Sen-Pyer o‘rtasida jang tashkil etishi imkoniyatlari haqida gapirdi.

Habib — Getji jangi nima bilan tugar ekan. Ko‘ramiz. Avval ushbu jang bo‘lib o‘tishi lozim. Biz Sen-Pyerni endigina UFC’ning fransuz tilidagi janglar sharhlovchisi bo‘lishiga erishdik. Men esa Jorjni aynan shu rolda ko‘proq ko‘rishni istardim.

Dunyoda sportdan eng cho‘qqiga chiqqan vaqtda keta olganlar kam. Ammo Sen-Pyer buning uddasidan chiqa olgan. Hozir uning puli yetarli va unga ortiqchasi kerak emas. U hozir umuman boshqa sohada ishlamoqda. Va men ham uning hammasini cho‘qqida tugatgan inson sifatida qolishini xohlardim.

Deyna Uayt, UFC prezidenti

Qayd etish joiz, Habib Nurmagomedov avvalroq Jastin Getjidan so‘ng aynan Jorj Sen-Pyer bilan jang qilmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Jorj Sen-Pyer 2019-yilning fevral oyida rasmiy ravishda MMA’dagi faoliyatini yakunlagan. Sen-Pyer umumiy hisobda 28 ta jang o‘tkazib, shulardan 26 tasida g‘alaba (8 ta nokaut) qozongan, 2 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Habib Nurmagomedovning raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgan jangini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют