» » Turkiya TIV rahbarining O‘zbekistonga tashrifi, 500 ming dollarga teng pul ishlagan o‘zbekistonlik soxta shifokor, “Paxtakor”dagi o‘zgarishlar va kunning boshqa muhim xabarlari

Turkiya TIV rahbarining O‘zbekistonga tashrifi, 500 ming dollarga teng pul ishlagan o‘zbekistonlik soxta shifokor, “Paxtakor”dagi o‘zgarishlar va kunning boshqa muhim xabarlari


26-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi. Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashgan.

2. O‘zbekistonlik traktorchi o‘zini shifokor qilib ko‘rsatib, 500 ming dollarga teng mablag‘ ishlab topdi. Ma’lum bo‘lishicha, u bu faoliyatini Butunjahon psixologlari, shifokorlari va xalq tabobati uyushmasi a’zosining soxta sertifikatini qo‘lga kiritganidan so‘ng boshlagan.

3. Toshkentda ikki avtobus ishtirokida avariya yuz berdi. YTH sabablari va uning natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

4. Alisher Usmonovdan Shodiyevgacha. “Paxtakor”ning 17 kunlik arosati haqida. “Paxtakor”ning yangi rahbariyati Babayanning yordamchisini 20 kundayoq iste’foga chiqargani aytildi.

5. Asqar Tolibjonov rahbarlik qiladigan O‘FF terma jamoalar markazi yopilishi mumkin. Terma jamoalar markazi barcha yoshdagi O‘zbekiston termalariga javobgar bo‘lgan tashkilotdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют