» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi


Koronavirusga chalingan abituriyentlar 2020-yilgi test sinovlariga qo‘yilmaydi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov aytib o‘tgan. Asossiz sabablarga ko‘ra test sinovlariga umuman kelmagan abituriyentlar uchun alohida umumiy qoidalar nazarda tutilmagan. Ular kelgusi yili imtihonlarda yana o‘zini sinab ko‘rishi mumkin.

Abituriyent test sinovlariga kelgan vaqtida isitmasi yuqori bo‘lsa, shifokorlar tomonidan tegishli ravishda tekshiruv tashkil etiladi. Agar unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, test sinovlari butkul tugagach, 4 kundan so‘ng tashkil etiladigan imtihonda qatnashish imkoniyati beriladi. Turli asosli sabablar tufayli test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar ham test sinovlari tugagach, 4 kundan keyin qayta imtihon topshira oladi. Koronavirus aniqlangan abituriyentlar esa bu yilgi test sinovlariga qo‘yilmaydi. Ushbu infeksiya bilan kasallangan abituriyentlar imtihonda qatnashishi uchun koronavirusdan sog‘ayganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishi lozim bo‘ladi.

Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning qo‘shimcha qilishicha, koronavirusga chalingani tufayli test imtihonlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning imtihon uchun to‘lagan pullarini qaytarish choralari ko‘riladi. Davlat qabul komissiyasi bayonnomasiga ushbu masala bo‘yicha taklif kiritilgan.

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarini 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilayotgandi. Biroq mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilindi va keyinchalik karantin 15-avgustga qadar uzaytirildi. 22-iyulda AOKAda o‘tgan brifingda Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov imtihon cheklovlar 1-sentabrgacha davom etsa, sentabr oyida o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют