» » O‘zbekiston OTMlarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari boshlandi

O‘zbekiston OTMlarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari boshlandi


Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 2018-yil 17-avgust 1-smenasida oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga o‘tkazilayotgan test sinovlarining borishi to‘g‘risida (08:30 holatiga) tezkor ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Bugun, 17-avgust kuni Respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlarining birinchi kuni boshlandi.

Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda test sinovlaridan 1 kun avval 16-avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan 52 ta binoga yetkazildi.

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda — 8:00 da boshlandi. Test sinovlarida 19 ta oliy ta’lim muassasalarining 13 ta ta’lim yo‘nalishida 25 ming 754 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 1 797 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 19 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zganing o‘rniga kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30 da yakunlanadi. 2-smena 15.00 da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Yakuniy ma’lumotlar test sinovlari 1-smenada tugaganidan so‘ng taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari Qurbon hayiti bayramiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari 2018-yil 17—20-avgust kunlariga ko‘chirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют