» » Ukrainada noyob Rolls-Royce limuzini 65 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi

Ukrainada noyob Rolls-Royce limuzini 65 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi


Klassik Rolls-Royce avtomobili Ukrainaning Kiyev shahrida sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Carakoom xabar berdi.

Rolls-Royce Silver Spur Mulliner Park Ward limuzinlari nafaqat noodatiy balki, juda kam nusxada 1993-yilda ishlab chiqarilgan. Ular bor-yo‘g‘i 24 tani tashkil etadi. Ularning 18 donasi Bruney sultoni Hassanal Bolkiah kolleksiyasida saqlanadi.

Limuzin Ukrainaga Shveysariyadan keltirilgan. Ayni damda mashinaning holati a’lo darajada bo‘lib, bosib o‘tgan masofasi 67 ming kilometrni tashkil etadi. Suratlarga qaraganda, uning holati chindan ham yaxshi.

Limuzinning uzunligi 6 metrga yetadi, ichkarida esa televizor, DVD-pleyer, muzlatkich, kristall idishlardan tashkil topgan bar hamda yig‘iladigan stollar mavjud. Bezaklarda tabiiy oq charm va yog‘ochlardan foydalanilgan.

Avtomobil 250 ot kuchiga ega 6,75 litrli V8 motori hamda 4 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan. Bunday eksklyuziv avtomobil 65 000 dollarga baholandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют