» » O‘yinchoq Rolls-Royce haqiqiy Toyota Corolla narxida sotuvga chiqdi

O‘yinchoq Rolls-Royce haqiqiy Toyota Corolla narxida sotuvga chiqdi


Rolls-Royce kompaniyasi 1:8 masshtabda yaratilgan Cullinan o‘yinchoq krossoverining narxini oshkor qildi. Maksimal darajada detallashtirilgan modelni yaratish uchun Rolls-Royce mutaxassislari 450 soat sarflaydi, deb xabar beradi Motor.

Rolls-Royce firmasi o‘zining Cullinan o‘yinchoq modelini san’at namunasi deb hisoblaydi va ma’lum qilinishicha, o‘yinchoq nusxa xuddi haqiqiy krossover kabi qo‘lda yig‘ilib, bo‘yaladi.

Bundan tashqari, buyurtmachi modelning tashqi ko‘rinishi va interyerini o‘zi tanlashi mumkin. Bunda 40 mingdan ortiq rang tusi, salon materiallari, shuningdek, charm o‘rindiqlar joylashuvi taklif etiladi.

Maksimal darajada detallashtirish nafaqat kuzov va salonga tegishli: kapot ostiga 6,75 litrli V12 motorning nusxasi joylashtirilgan, eshiklardagi maxsus teshiklardan miniatyura soyabonlarni olish mumkin, modeldagi faralar esa haqiqiy Cullinan’ning yorug‘lik texnikasini takrorlaydi. Buning ustiga Rolls-Royce modelining o‘lchami ancha kattagina: futlyar bir metrga yetsa, Rolls-Royce’ning nusxasi 70 santimetrni tashkil etadi.

Mutaxassislar 450 soat sarflaydigan mazkur o‘yinchoq modelni AQShda 17 ming dollarga xarid qilish mumkin. Agarda u maksimal darajada qo‘shimcha jihozlar bilan bezatilsa 32 765 dollardan sotiladi. Bu pulga Shimoliy Amerikada narxi 19 600 dollardan boshlanadigan Toyota Corolla sedanini xarid qilsa bo‘ladi.

Mavzuga doir: Rossiyada Mansory diskalari jamlanmasi sotuvga qo‘yildi. Uning narxiga yangi Toyota Corolla xarid qilsa bo‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют