» » Livan hukumati Bayrutdagi portlash bomba vositasida uyushtirilgani haqidagi taxminlarni o‘rganadi

Livan hukumati Bayrutdagi portlash bomba vositasida uyushtirilgani haqidagi taxminlarni o‘rganadi


Livan hukumati Bayrutdagi portda yuz bergan katta portlashga bomba yoki boshqa tashqi aralashuv vositasida amalga oshgani haqidagi taxminlar yuzasidan tergov o‘tkazadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mishel Aun ma’lum qilgan, deb yozmoqda Reuters.

“Portlashga nima sabab bo‘lgani hali aniqlangani yo‘q. Hodisaga tashqi aralashuv — raketa, bomba yoki boshqa harakat sabab bo‘lgani haqidagi taxmin ham mavjud”, — degan Aun.

Shuningdek, Livan prezidenti port xodimlarining ishga sovuqqonlik bilan yondashib bir necha yillar davomida portlovchi moddalarni omborda saqlagani, utilizatsiya qilmagani yoki baxtsiz hodisa haqidagi versiyalar ham o‘rganilishini aytgan.

Jurnalist Elayja Manye ammiak selitrasi quruq va yaxshi himoyalangan yerda saqlanishi lozimligini ta’kidlagan.

Manyening fikricha, 2700 tonna selitra saqlangan portdagi ombor havoni aylantirish qurilmalari o‘rnatilmagan metall konstruksiyani eslatadi. Bundan tashqari ombor devorlarida odam sig‘adigan darajadagi katta teshiklar paydo bo‘lgan.

Mavzuga doir: Bayrut ustida zaharli bulutlar. Livanliklarni qanday muammolar qiynamoqda?

4-avgust kuni omborga ushbu teshiklarni yamash uchun chilangar ishchi chaqirilgan. Manyening yozishicha chilangarga ehtiyot choralari haqida aytishmagan va u portlash xususiyatiga ega moddalar yaqinida payvandlash ishlarini olib borgan. Ishchi ta’mirni yakunlaganidan keyin, ombordan tutun chiqayotganini payqab qolishgan.

Kuchli portlash oqibatida 154 nafar kishi halok bo‘lgan, 5 mingdan ziyod odam turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirayotgani inobatga olinsa ushbu raqamlar yana o‘zgarishi mumkin.

Mavzuga doir: Bayrutdagi portlash: o‘nlab qurbonlar, minglab jarohatlanganlar. Asosiy ma’lumotlar

Bayrut gubernatori Marvan Abbud portlash shaharning yarmiga talafot yetkazganini bildirgan, 300 nafardan ziyod aholi boshpanasiz qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash tufayli shaharga yetgan zarar miqdori 3-5 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Bayrut bandargohidagi portlash sabab Livan prezidentiga hamdardlik bildirgan. Bayrutda vafot etganlar xotirasi uchun butun Livanda motam e’lon qilingan. Shahar gubernatori Marvon Abbud yuz bergan voqeani Ikkinchi Jahon urushi vaqtida Xirosima va Nagasakida yuz bergan atom bombasi portlashlariga tenglashtirgan.

Livan hukumati Bayrutdagi portda ammiak selitrasini saqlashga aloqador xodimlarning ayrimlari tergov davomida uy qamog‘iga joylashtirilganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: “Hammasi dahshatli tushga o‘xshardi”. Bayrutlik kelinchak fotosessiya paytida yuz bergan portlash haqida so‘zlab berdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют