» » Video: Livan poytaxti Bayrutda kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Yaralanganlar va qurbonlar bor

Video: Livan poytaxti Bayrutda kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Yaralanganlar va qurbonlar bor


4-avgust kuni Livan poytaxti Bayrutdagi port hududida ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash sodir bo‘lgan portda omborlar joylashgan bo‘lgan.

Portlash videolari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Videolarda hodisa joyida qo‘ziqorin shaklidagi ulkan bulutlar havoga ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. Yuz bergan hodisa tufayli bir necha kilometr uzoqlikdagi binolarning ham oynasi singan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Hamad Hassan portlash pirotexnikalar ortilgan kemada sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Livan xavfsizlik xizmati rahbari general Abbos Ibrohim portlash pirotexnikalar bilan bog‘liqligini rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, port hududida uzoq vaqt saqlangan boshqa portlovchi moddalar portlagan.

Bayrut gubernatori Marvan Abbud yuz bergan hodisani 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlanganiga qiyosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida shaharning yarmiga zarar yetgan.

“Al-Arabiya” telekanali livanlik jurnalistlarga tayangan holda 6 kishining jasadi hodisa joyidan topilganini xabar berdi. Reuters agentligi Livan sog‘liqni saqlash tizimi va xavfsizlik kuchlari xodimlariga tayangan holda kamida 10 kishi halok bo‘lganini yozmoqda.

Yuzlab odamlar yaralangan. Bayrut tez yordam xizmati ko‘ngillilarni yaralanganlar uchun qon topshirishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют