» » Tayvanliklar parvozlarni sog‘inganidan “hech qayerga” uchmoqda. Ular samolyotga o‘tirib havoda aylanadi va uyga qaytadi

Tayvanliklar parvozlarni sog‘inganidan “hech qayerga” uchmoqda. Ular samolyotga o‘tirib havoda aylanadi va uyga qaytadi


Tayvanning StarLux Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchilar qo‘shni mamlakatlar uzra parvoz qilib, yana uchgan aeroportiga qaytib kelishiga mo‘ljallangan sayr reysi uchun chiptalar sotishni boshladi, deb xabar beradi Taiwan News.

Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, savdolar boshlanishi bilan reys uchun mo‘ljallangan 188 ta chiptaning barchasi sotilgan. Yuqori talabdan ilhomlangan aviatashuvchi ikkinchi turni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Samolyot 7-avgust kuni havoga ko‘tarilib, Tayvanning sharqiy qirg‘oqlari tomon uchadi. Undan so‘ng Filippin tomon harakatlanib, yana aeroportga qaytib keladi. Yo‘lovchilar parvoz vaqtida “Mishlen” yulduziga ega restoranning bosh oshpazi tomonidan tayyorlangan Osiyo oshxonasining taomlaridan tanovul qilishlari mumkin.

Ekonom klass uchun uch soatli sayohat chiptasi 160 dollar. Biznes klass chiptasi mehmonxonada ikki kunlik dam olishni ham o‘z ichiga oladi — narxi ikki kishiga 710 dollar.

Bundan tashqari, EVA Air aviakompaniyasi ham 8-avgust — Otalar kuniga rejalashtirilgan shu turdagi reysi uchun 309 ta chipta sotgan. Ta’kidlanishicha, China Airlines aviakompaniyasi ham shu kabi reyslarni taklif etmoqda.

Mavzuga doir: Pandemiya tufayli dunyoda xususiy orollarga talab ortib borayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют