» » Tirbandlikda qolib ketgan samolyot uchuvchisi yo‘lovchilarni Alp tog‘lari bo‘ylab ekskursiyaga olib chiqdi

Tirbandlikda qolib ketgan samolyot uchuvchisi yo‘lovchilarni Alp tog‘lari bo‘ylab ekskursiyaga olib chiqdi


Swiss International Airlines aviakompaniyasi uchuvchisi tirbandlik chog‘ida yo‘lovchilar zerikib qolmasligi uchun ularni Shveysariyaning Alp tog‘lari bo‘ylab “ekskursiya”ga olib chiqdi, deb yozadi “MK.ru”.

Barselonadan Syurixga yo‘l olgan reys Kloten xalqaro aeroportiga yaqinlashganida tirbandlikka tushib qoldi. O‘z navbatini kutib, aeroport osmonida  aylanib uchish o‘rniga, havo kemasi kapitani yo‘lovchilarga Alp tog‘lari cho‘qqilarini ko‘rsatishga qaror qildi.

Natijada yo‘lovchilar Matterxorn, Ayger, Myonx, Yungfrau tog‘larini, shuningdek, Katta Alech muzligi manzaralarini tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Swiss International Airlines kompaniyasi rasmiy vakili aniqlik kiritishicha, uchuvchi hech qanday qoidani buzmagan — ekipaj ochiq va quyoshli havoda bunday ekskursiyalarni uyushtirishga haqli. Yana bir sharti — parvoz dam olish yoki bayram kunlari, ya’ni tog‘lar osmoni bo‘sh bo‘lgan paytda amalga oshirilishi kerak.

Sayohatchilar ijtimoiy tarmoqlarda aviatashuvchiga bunday “ertaknamo” parvoz uchun minnatdorlik bildirdi va samolyot bortidan olingan suratlarni joyladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют