» » Reysdan juftlikni tushirib yuborgan United Airlines yana mojaro markaziga tushib qoldi

Reysdan juftlikni tushirib yuborgan United Airlines yana mojaro markaziga tushib qoldi


AQShning United Airlines aviakompaniyasi juftlikni reyslardan biridan tushirib yuborganidan keyin yana mojaro markaziga tushib qoldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Xabar berilishicha, Maykl Xol va uning qallig‘i Amber Maksvel to‘yini nishonlash maqsadida Kosta-Rikaga uchmoqchi bo‘lib turgandi. Samolyot havoga ko‘tarilishidan avval yosh juftlik salondagi bo‘sh o‘rindiqlarni ko‘rib, o‘sha yerga o‘tib oldi. Biroq ular ko‘chib o‘tgan o‘rindiqlar qulayligi tufayli biroz qimmat narxda bo‘lgan. Natijada Maykl va Amber reysdan tushirib yuborildi.

Bu katta ahamiyatga ega ekanini bilmagandik, biz birinchi klassga o‘tishga ham urinmagandik. Shunchaki oldinroq o‘tirib olgandik.

Maykl Xol

Aviakompaniyaning qayd etishicha, ushbu yo‘lovchilar bir necha bor to‘lanmagan qimmatroq o‘rindiqlarga o‘tirib olmoqchi bo‘lgan. United Airlines’ning ta’kidlashicha, juftlik ertasi kuni boshqa reys bilan manziliga uchib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval United Airlines xodimlariga joy yetmagani sababli yo‘lovchini samolyotdan sudrab tushirgandi. Katta mojaroga aylangan mazkur voqeadan keyin aviakompaniyaning kapitalizatsiyasi 750 million dollarga tushib ketgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют