» » Samolyotdan kuch bilan tushirib yuborilgan yo‘lovchi — Devid Dao plastik operatsiyaga muhtoj ekanligi ma’lum qilindi

Samolyotdan kuch bilan tushirib yuborilgan yo‘lovchi — Devid Dao plastik operatsiyaga muhtoj ekanligi ma’lum qilindi


United Airlines yo‘lovchisi Devid Dao plastik jarroh xizmatiga muhtoj. U aviakompaniya xodimiga joy berishni istamagani uchun kuch bilan samolyotdan tushirib yuborilgandi. Bu haqda jabrlanuvchining advokati Tomas Demetrio 14-aprel, juma kuni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda ABC News.

69 yoshli Daoning burni singan, bir nechta tishidan ayrilgan, shuningdek, shifokorlar unda miya chayqalishini ham aniqlagan. Ushbu mojaro 9-aprel kuni Chikago aeroportida sodir bo‘lgan edi.

12-aprel, chorshanba kuni aviakompaniya bosh direktori Oskar Munyos bu kabi hodisa boshqa takrorlanmasligiga va’da berdi. Mojarodan so‘ng United Airlines’ning kapitalizatsiyasi 750 million dollardan ortiqqa tushib ketdi.

13-aprel, payshanba kuni United Airlines xodimlari boshqa bir yo‘lovchi — Kaliforniya investitsiya kompaniyasi prezidenti Jeff Firnsga kishan bilan tahdid qilib birinchi klassdan ekonom-klassga o‘tkazib yuborgan.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют