» » OAV: United Airlines mojarodan so‘ng yo‘lovchilarni reysdan olib qolish qoidasiga o‘zgartirish kiritdi

OAV: United Airlines mojarodan so‘ng yo‘lovchilarni reysdan olib qolish qoidasiga o‘zgartirish kiritdi


United Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchini reysdan tushirib qoldirganidan so‘ng, mojaro markazida qoldi. Shundan so‘ng, bunday vaziyatlarga tegishli qoidalariga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, endilikda United Airlines xodimlari yo‘lovchidan faqatgina parvozga kamida bir soat qolganida, yo‘lovchilar samolyotdagi o‘z joyini egallab olguniga qadar salondagi o‘rnini bo‘shatib berishlarini iltimos qilishi mumkin.

Agar aviakompaniya xodimi boshqa bir reysni amalga oshirishi uchun uchishi kerak bo‘lsa, qoidadan tashqari istisno qilinadi.

Avvalroq, Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi o‘z xodimlariga joy yetmagani sababli yo‘lovchilardan birini reysdan kuch ishlatib tushirib yuborgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют