» » Koronavirus tahlili uchun topshirilgan test javobi nima uchun ba’zida noto‘g‘ri chiqadi?

Koronavirus tahlili uchun topshirilgan test javobi nima uchun ba’zida noto‘g‘ri chiqadi?


Iqtisodchi Behzod Hoshimov San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti professori, virusolog olim Sharof Tugizov bilan “COVID-19’ning kelib chiqishi, tarqalishi va davosi” mavzusida suhbat qildi.

Suhbat davomida Behzod Hoshimov koronavirus tahlil testi, virusni qanday haroratda yo‘q bo‘lishi, virusning tarqalishi va boshqa narsalar yuzasidan matuxassisga yuzlandi.

— Nima uchun koronavirusga olingan test ba’zida noto‘g‘ri chiqadi?

— Buning sabablari juda ham ko‘p. Test tizimining o‘zi mukammal ishlamasligi mumkin. Ikkinchisi, namunaning qanday qilib olinishi. Agar namuna kasallikning boshida olinsa, unda xato kam bo‘ladi. Chunki burun-halqumda virus bo‘ladi. Agar kasallik belgilari boshlangan vaqtda bo‘lsa, virus pastga tushgan bo‘lsa, virus yuqoriga ko‘p chiqmasligi mumkin. Bu yerda ko‘p narsa kasalga ham bog‘liq.

Test natijalari noto‘g‘ri manfiy yoki noto‘g‘ri musbat chiqqanida vaziyatga qarab aniqlash kerak. Natijani, PZR protokoli, bemorning ahvolini ko‘rish kerak. O‘shanda biror narsa deyish mumkin. Buni umumiy qilib aytish qiyin. Lekin (test natijalarida) xato juda ko‘p bo‘lyapti.

— Harorat, bosim, namlik va koronavirus haqida gaplashsak. Qanday namlik yoki bosimda virus o‘zini yomon his qiladi? Namlik yuqori bo‘lgani yaxshimi, yoki havo quruqroq bo‘lgani yaxshimi? Issiq bo‘lgani yaxshimi yoki sovuq bo‘lganimi?

— Havo 35-38 daraja bo‘lsa, namlik 95 bo‘lsa, virus tez o‘ladi. Yuqori namlikda po‘stlog‘i yemiriladi. Oftobda ham virus tez, 5-10 daqiqada o‘ladi. Lekin bu tashqaridagi virus. Organizmni ichidagi virusga u narsalar yordam bermaydi.

— Virus havo orqali tarqaladimi? Masalan, binolarda umumiy konditsionerlar tizimi bor. Virusning fizik xususiyatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, virus havodan og‘irmi, ya’ni masalan, og‘zimdan chiqib, gravitatsiya bo‘lib yerga tushib ketadimi yoki havoda suzib ketadimi?

— Bu to‘g‘risida olimlarda 2 ta katta fikr bor. Birinchi fikr bu – aerogen virus. Ya’ni havo orqali tarqalishi mumkin. Agar konsentratsiya katta bo‘lsa. Virus juda ham kichkina narsa. U havoda ancha vaqt bo‘lishi mumkin. Agar tomchi bo‘lsa, pastga tez tushadi, lekin virusning parchalari bo‘lsa, havoda yurishi mumkin.

Shuning uchun ham hozir Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga 200-300 nafar kishi virusni aerogen, havoda tarqaladigan deb e’lon qilinglar degan talab bilan chiqishdi. Lekin bu to‘g‘risida kuchli ilmiy maqolalar yo‘q.

Xavf bor, havodan tarqalib ketishi mumkin. Shuning uchun ham niqob taqish kerak. Virus havoda bo‘lganida ham konsentratsiyasi past bo‘lsa, uni niqob ushlab qoladi. Kichik konsentratsiyadagi virus infeksiya chaqirmaydi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют