Rasman: “Yuventus” Mauritsio Sarrini iste’foga chiqardi
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda turinliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Klub 9-chempionlikni qo‘lga kiritishda yordam berib, “Yuventus” tarixida yangi sahifa ochgan murabbiyga tashakkur izhor qiladi. Bu uning shaxsiy sayohatining cho‘qqisi bo‘ldi”, — deyiladi klub bayonotida.
“Yuventus” Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Lion”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy berdi va musobaqani tark etdi. Shuningdek, jamoa Italiya Kubogi finalida “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi. Turinliklar joriy mavsum faqat A Seriya chempionligi bilan cheklandi.
Sarri 2019-yilning yozida Massimiliano Allegrining o‘rniga “Yuventus”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
