» » O‘zbekistondagi OTMlarda 2020-yilda kontrakt miqdori o‘zgartirilmaydi

O‘zbekistondagi OTMlarda 2020-yilda kontrakt miqdori o‘zgartirilmaydi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov bugungi kunda Oliy o‘quv yurtlari kontrakt miqdorini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida aytgan.

Oliy o‘quv yurtlari bu yili kontrakt miqdorini o‘zgartirmaydi. Kamaytirmaydiyam, ko‘paytirmaydiyam. Kamaytirmasligining sababi, o‘zi hozirgi xarajat 9 million so‘mdan sal oshiq bo‘lsa, bizda 80% talabalar to‘laydigan kontrakt 6 million 400 ming so‘m, ya’ni o‘zi “minusda”. Kamaytirish mumkinmi? Mumkin. Lekin uni qoplash kerak. Kamaytirish emas, balki qoplash, nimaning hisobidan qoplash haqida gapirish kerak. Talabalarning kontrakt bilan bog‘liq savollarini oliy o‘quv yurtlarining har biri o‘zining moliyaviy tuzilishidan kelib chiqib ko‘rib chiqadi. Oliy o‘quv yurtlari o‘zining talabalari, moliyaviy holati, to‘planmalari bor. Hamma masalalar manzilli ko‘rib chiqiladi, yo‘q, siz bilan gaplashmaymiz, degan narsa bo‘lmaydi, hamma talabalar bilan kerak bo‘lsa rektor darajasida, vazirlik darajasida gaplashiladi.

Inomjon Majidov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri 

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi 35 ta universitetda birinchi o‘quv yili kredit-modul tizimi asosida olib boriladi

Vazir, shuningdek, pandemiya sababli og‘ir sharoitda qolgan talabalarning kontrakt to‘lash masalasiga ham izoh berib o‘tgan.

“Biz tushunamiz, talabalar har xil sharoitda. Savollar mavhum shaklda qo‘yilmasa, qaysi oliy o‘quv yurti haqida gap ketayotganini bilish kerak. O‘quv yurtlarida har xil narxlar. Biz manzilli gaplashamiz, Edu.uz saytimizda, oliy o‘quv yurtlari, ularning rektorlari Telegram kanallarida manzilli savol berilsa, qaysi fakultet, qaysi yo‘nalish, narx-navo, kim murojaat qilayotgani aniq aytilsa, masala ko‘riladi. Hamma ham kontrakt ham to‘lamaydigan darajada emas, shuning uchun hammaga bir xil yechim qilib bo‘lmaydi. Agar talabaning vaziyati og‘ir bo‘lsa, talabaning qurbi to‘lashga yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko‘riladi. Talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilinadi”, — deydi vazir. Ayni masala har bir oliy o‘quv yurtida mas’ul vakillar tomonidan alohida-alohida ko‘rib chiqilishi, zarur bo‘lganda yordam berish masalasida xulosa qilinishi bildirildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют