» » Samarqandda 34 yoshli erkak singlisiga SMS yozgan yigitni urib o‘ldirib qo‘ydi

Samarqandda 34 yoshli erkak singlisiga SMS yozgan yigitni urib o‘ldirib qo‘ydi


Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida SMS tufayli kelib chiqqan janjal odam o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Hodisa 4-avgust kuni soat 14:00 larda “Xalqobod” MFYda yuz bergan. 34 yoshli Sh.Y. hamqishlog‘i 27 yoshli N.B. ismli yigitga telefon qilib chaqiradi. U yigitdan nima maqsadda singlisi 18 yoshli M.D.ga SMS xabar jo‘natib, tinchligini buzayotganligini so‘raydi. Ular o‘zaro janjallashib qoladi va janjal davomida Sh.Y. mushti bilan N.B.ni bosh sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25-iyul kuni Andijonda 18 yoshli yigit sevgan qiziga gap otgan 30 yoshli erkakni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют