» » RPL. “Rostov” 2020/21-yilgi mavsumni g‘alaba bilan boshladi

RPL. “Rostov” 2020/21-yilgi mavsumni g‘alaba bilan boshladi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 2020/21-yilgi mavsumi start oldi.

Yangi mavsumni RPLning joriy yilgi debyutanti “Ximki” va SSKA o‘rtasidagi uchrashuv ochib berdi. Unda “armiyachilar” Konstantin Kuchayev va Alan Zagoyevning gollari evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yana bir uchrashuv “Tambov” va “Rostov” jamoalari o‘rtasida kechdi. 21-daqiqada Pavel Mamayev tomonidan urilgan gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 83-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa “Rostov” yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Keyingi turga Valeriy Karpin shogirdlari amaldagi chempion “Zenit”ga qarshi o‘ynaydi.

RPL

1-tur bahslari

8-avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 18 Kuchayev, 0:2 – 45 Zagoyev.

Gol: 0:1 – 21 Mamayev.

“Tambov”: Rijikov, Ribin, Chicherin, Kapliyenko, Tetrashvili (Kabaxidze, 68), Chuperka, Balashov (Obuxov, 54), Kostyukov (Karasev, 77), Kilin (Shlyakov, 77), Oyevole, Karapetyan (Panchenko, 69).

“Rostov”: Pesyakov, Osipenko, Chernov, Kozlov, Hajikadunich, Ionov (Dolgov, 90), Normann, Mamayev (Glebov, 83), Zaynutdinov (Bayramyan, 72), Popov (Yeremenko, 71), Shomurodov (Hashimoto, 83).

Ogohlantirishlar: Popov (3), Zaynutdinov (35), Tetrashvili (38), Kostyukov (73), Hajikadunich (76).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют