» » Ucell abonentlar soni bo‘yicha Beeline’dan o‘zib ketdi

Ucell abonentlar soni bo‘yicha Beeline’dan o‘zib ketdi


O‘zbekistonda Beeline abonentlar soni bo‘yicha yetti yillik ustunlikdan so‘ng yetakchilikni Ucell’ga topshirib, ikkinchi o‘ringa tushdi. Bu haqda Uzzoom xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 6-avgust kuni VEON Group (Beeline Uzbekistan’ning ona kompaniyasi) 2020-yil II chorakdagi operatsion va moliyaviy faoliyati yakunlarini e’lon qildi. Ekspertlar taxmin qilganidek, Unitel MChJ abonent bazasi kamayishda davom etgan: Beeline’ga ulangan SIM kartalar soni ketma-ket o‘ninchi chorakdan beri kamaygan.

Beeline abonentlari salbiy dinamikasi uzoq vaqt bir chorakda 50-100 mingtadan oshmagan. 2019-yil martdan boshlab bu son uch baravarga o‘sgan. Bundan bir yil avval Beeline 8 669 199 nafar abonentga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib ular soni qisqarib, 7 091 302 nafarni tashkil qilmoqda.

Nashrga ko‘ra, Unitel’dagi manbalari tanazzulning asosiy sabablari qatorida boshqaruvdagi inqirozni va marketologlarning, ovozli xabar va internetdagi raqobatbardosh tarif rejalari zarariga, ko‘proq qo‘shimcha digital-servislarga e’tibor qaratganliklari o‘zini oqlamaganligini keltirmoqda.

“Keyingi oylarda ‘sariq-qora’lar o‘zlariga xos bo‘lmagan ‘yetib oluvchi’ rolini o‘zlashtirishga – o‘z narx takliflarini raqobatchilar yangiliklariga moslashtirib borishga majbur bo‘ldilar, bu esa yakuniy natijaga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Shubhasiz, COVID-19 avj olishi tufayli Beeline Call-markazining yopilishi bilan bog‘liq ommaviy mojaro ham izsiz o‘tmadi, lekin keskin tanazzulning asosiy omili Unitel’ning past daromadli deb hisoblash urf bo‘lgan abonentlarga munosabati bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Ucell taqdim etgan axborotga ko‘ra, ushbu operatorning abonentlar bazasi 7 940 000 nafarni tashkil qiladi. Bu o‘z navbatida kompaniyani mijozlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa olib chiqadi.

Avvalroq ham Ucell TeliaSonera korporatsiyasining bir qismi bo‘lgan davrida qisqa muddat shunday natijaga erishgan. Bu 2012-yilda – MTS inqirozidan so‘ng ro‘y bergan.

“Biroq qayd etish kerakki, mana bir yarim yildan beri Ucell davlat operatori sanaladi va bu kamida telekommunikatsion tarmoqdagi davlat boshqaruvi samaradorligiga nisbatan an’anaviy salbiy qarashlarni o‘zgartirishga majbur qiladi”, — deyiladi xabarda.

Uzmobile rivojlanish dinamikasi ham shuni ko‘rsatayotgani ta’kidlangan. Yarim yillik yakunlarga ko‘ra, “O‘zbektelekom” GSM bo‘linmasining abonentlar bazasi 5 850 000 dona SIM kartani tashkil qilgan. Agar kompaniya shu sur’atni saqlab qolsa, u yil oxiriga borib Beeline bilan bozordagi ulush hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rin uchun raqobatlashishi mumkinligi qayd etilgan.

Shuningdek, 3 000 000 abonentga ega Mobiuz ham alohida e’tiborga loyiqligi bildirilgan. Ekspertlar bu operatordan yetakchilik uchun poygada ishtirokni emas, balki oldinroq e’lon qilingan strategiya – raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish va respublikani tezkor mobil internet bilan qoplashni kutayotgani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, 2018-yil dekabrida Coscom (Ucell brendi) mobil operatorining 94 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Telia shved-fin kompaniyasi o‘zining barcha ulushini 215 million dollar evaziga O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasiga sotgan va Ucell davlat kompaniyasiga aylangan.

2019-yilda Ucell uyali aloqa operatori o‘z ulushini sotish yoki uni xorijiy kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgan, kompaniya bu xabarlarni rad etgan.

Mavzuga doir: Gulnora Karimovaning Ucell aksiyalariga aloqasi yo‘qligi, kompaniya 100 foiz davlatga tegishliligi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют