» » Andijonda “moyka” ishchisi rahbarga tegishli Spark’ni olib qochib, yuk mashinasini borib urdi

Andijonda “moyka” ishchisi rahbarga tegishli Spark’ni olib qochib, yuk mashinasini borib urdi


Andijon shahrida 17 yoshli I.O‘. ismli fuqaro o‘zi ishlaydigan avtomobil yuvish shoxobchasidagi rahbarining Spark’ini olib qochib yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilgan.

Qayd etilishicha, 2020-yil 3-avgust kuni tungi soat 03:30 larda Andijon shahri, Furqat ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasida og‘zaki kelishuv asosida yollanma ishchi sifatida ishlab kelgan, voyaga yetmagan 17 yoshli I.O‘. fuqaro S.B.ga tegishli Spark’ni olib qochgan.

“Moyka” egasining mashinasini qulflamagani va kalitni o‘t oldirgichda qoldirgani yigitga qo‘l kelgan. U Spark’da kunduz kuni soat 13:30 larda, Andijon tumani, Kelajak avlod ko‘chasida yuk mashinasining orqasiga borib urgan.

Holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli I.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida voyaga yetmagan I.O‘. protsessual tartibda ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan, deyiladi department xabarida.

Avval iyun oyida Oltiariq tumanida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Nexia-3 rusumli mashinani minib qochgan fuqaro ushlangani, Buxoro viloyatida hamqishlog‘ining mototsiklini o‘g‘irlab, transport vositasini bo‘laklarga bo‘lib sotishni maqsad qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, iyulda esa Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida 28 yoshli A.G. xonadondan “VAZ-2106” mashinasini olib qochgani, biroq mashina texnik jihatdan nosoz bo‘lib buzilib qolgani oqibatida “Jiguli”ni yo‘l chetida qoldirib, chap old eshigi oynalarini sindirib hodisa joyidan yashiringani, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Spark rusumli avtomobilni olib qochgan xavfli retsidivist qo‘lga olingani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют