» » ZAZ-965 Zaporojetsning uch eshikli krossover korinishidagi orinbosari dizayni taqdim etildi

ZAZ-965 Zaporojetsning uch eshikli krossover korinishidagi orinbosari dizayni taqdim etildi


Askaniadesign Carstyling Studio dizaynerlari afsonaviy ZAZ-965 Zaporojets mashinasiga ajoyib orinbosar dizaynini yaratdi. Bu haqdaCarakoomxabar berdi. Goya muallifi Sergey Chumachenko mikroavtomobilning birdaniga ikkita versiyasini tayyorlagan.

Zaparojets avtomobil zavodi ancha vaqtdan buyon ozining avtomobillarini ishlab chiqarmaydi. Songgi model ZAZ-1103 Slavutani ishlab chiqarish 2011-yilda toxtatilgan.

Dastlabki eskizlar loyiha uchun umumiy tushunchani anglatdi. Endilikda sovet mikroavtomobili xetchbekka emas, uch eshikli krossoverga aylandi. Uning shakli boyalmagan plastik elementlar va ajoyib gildiraklar bilan uygunlashgan.

Original ZAZ-965 Zaporojets havo sovutish dvigateliga ega edi. Zamonaviy avlod koproq oddiylikni xush koradi: kichik turbomotor old tomondan kondalang joylashgan bolib, u old gildiraklarni harakatga keltiradi.

Ushbu loyiha har tomonlama Nissan Juke, Opek Mokka, Peugeot 2008 kabi avtomobillari bilan raqobatlasha oladigan B sinfidagi arzon va yoshlarbop krossover sifatida yaratilgan. Uning retro korinishi Nissan Jukening oxirgi avlodini yodga soladi. Avtomobilning yangi versiyasi original Zaporojetsnikidan kattaroq orqa chiroqlari, odatiy dizayndagi shina disklari, original old chiroqlariga ega boldi. Uning tomi orqa tomondan biroz ozgartirilgan.

Tabiiyki, bu dizayn shunchaki loyiha. ZAZning ushbu loyiha bilan hech qanday aloqasi yoq va yaqin kelajakda ham oz dizayniga xos bolgan avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmagan. Bundan tashqari, sotuvga ushbu avtomobillarning faqat eski modellari chiqariladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (9-08-2020, 11:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -