» » Rossiyada sovet muhandislari tomonidan yig‘ilgan amfibiya “Zaporojets” sotuvga qo‘yildi

Rossiyada sovet muhandislari tomonidan yig‘ilgan amfibiya “Zaporojets” sotuvga qo‘yildi


Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi yaqinida Afipsk posyolkasida SSSR vaqtida yig‘ilgan noodatiy qo‘lbola amfibiya sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi CARakoom.

Noodatiy mashina “Zaparojets” yengil avtomobili hamda “kazanka”ni (motorli qayiq) chatishtirish natijasida paydo bo‘lgan.

Loyihaning asosini oddiy yo‘llarda ham harakatni ta’minlay oladigan bir qator detallarga ega motorli qayiq tashkil etadi. Qayiq korpusi ikki juft g‘ildiraklar ustiga o‘rnatilgan (orqa qismi yuk mashinalariniki kabi ikkitalik shinaga ega). G‘ildiraklar suvda harakatlanish vaqtida yig‘iladigan maxsus shtangalarga qotiriladi. Orqa g‘ildiraklarning uzatmasi har biriga ulangan individual zanjirlar orqali amalga oshiriladi.

“Zaporojets” dvigateli orqa qismiga o‘rnatilgan. U mashinaning suv va quruqlikda harakatlanishiga javob beradi. Ikkinchi holatda, ikkita parrakli vint ham ishga tushadi. Vintlar o‘rasida motorni ishga tushiruvchi startyor joylashgan.

Amfibiya ichiga baland bort ustidan sakrab o‘tib kirish mumkin. Bu yerda “Zaporojets”ning boshqaruv detallari joylashgan: rul chambaragi, qurilmalar paneli, uchta tepki, uzatmalar qutisini boshqaruvchi richag va qo‘l tormozi.

Amfibiya barcha zaruriy yorug‘lik texnikalari bilan jihozlangan, orqa faralari “Moskvich”niki. Tom qismi vazifasini esa kichkina oynachalarga ega yumshoq mato bajaradi.

E’londa “Orzu” nomini olgan mazkur amfibiya quruqlikda soatiga 70 kilometr, suvda esa 50 km/soat tezlikda harakatlana olishi yozilgan. Sotuvchi noodatiy kater uchun 999 999 rubl (14 ming dollar) so‘ramoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют