Edinson Kavani faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi
Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani faoliyatini “Benfika”da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, Kavani portugal klubi bilan kelishuvga erishgan. Uning yangi klubidagi yillik maoshi 9 million yevroga teng bo‘ladi.
Avvalroq Kavaniga asosiy da’vogar “Roma” bo‘lib turgani va Italiya klubi iyun oyida unga 3 yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Edinson Kavani 2013-yildan beri PSJ safida to‘p surib keladi. Iyul oyida o‘rtadagi shartnoma yakunlangach, tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi. Hujumchi Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi 1 ta golga hammualliflik qildi.
Edinson Kavani ijrosidagi shedevr 10 ta gol (video)
33 yoshli Kavani bungacha “Palermo” va “Napoli” klublarida to‘p surgan.
“Benfika” Portugaliya chempionatini 2-o‘rinda yakunladi va Chempionlar Ligasi saralash bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga doir: Edinson Kavani faoliyatidagi eng yaxshi gol va futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi kimligini aytdi
Manba: Daryo.uz