» » Robert Levandovski Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida Karim Benzemadan o‘zib ketdi

Robert Levandovski Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida Karim Benzemadan o‘zib ketdi


“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda (4:1) o‘z nomiga ikkitadan gol va golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Bu polshalik futbolchi uchun Chempionlar Ligasida urilgan 65 va 66-gollar bo‘ldi. Shu tariqa Levandovski ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 4-o‘ringa chiqib oldi va “Real” hujumchisi Karim Benzemani (65 ta gol) ortda qoldirdi.

Uchinchi pog‘onani 71 ta gol bilan “Real” sobiq hujumchisi Raul egallab turibdi.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi Krishtianu Ronaldu sanaladi. Portugaliyalik futbolchi Chempionlar Ligasida 130 ta gol urgan. Ikkinchi pog‘onadagi Lionel Messining hisobida esa 115 ta gol bor.

Robert Levandovski ijrosidagi qoyilmaqom 10 ta gol (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют