» » O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili magistrlar uchun ham masofaviy shaklda boshlanadi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili magistrlar uchun ham masofaviy shaklda boshlanadi


Magistratura bosqichi uchun o‘qish jarayoni masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov AOKAda Davlat test markazi mutasaddilari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

Shuningdek, vazir “Magistratura imtihonlarida mutaxassislik fanlaridan test bo‘ladi deb eshitdim. Masalan, bizda 15 dan ortiq mutaxassislik fani bor. Ularning qaysi biridan test topshiriladi?”, savoliga izoh berib o‘tgan.

“O‘qimagan fanlari bo‘lmasligi aniq. Topshirilayotgan magistratura mutaxassisligi uchun muhim sanalgan 2-3 tadan ortiq bo‘lmagan asosiy hajmli fanlardan yig‘iladi. Kirish imtihonlarining testlarini tayanch oliy ta’lim muassasalari tuzadi”.

Pandemiya sabab magistratura bosqichiga topshirgan abituriyentlar o‘zining hududidan turib poytaxtdagi yoki boshqa hududdagi oliy o‘quv yurtiga imtihon topshirishiga ruxsat borligi ham qayd etildi.

“O‘zbekiston Prezidentining 30-aprelda ta’lim bo‘yicha o‘tkazgan majlisidagi qaroriga muvofiq magistratura bosqichida test sifatida mutaxassisliklarning xususiyatlarini inobatga olib, bakalavriat prinsipida aynan o‘sha oliy o‘quv yurtiga borish emas, qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda xohlagan institut va yo‘nalishiga test  topshirishga iloji bo‘ladi. Hozir buning dislokatsiyasi bor, vaqti aniq bo‘lganida e’lon qilinadi”, — deydi Majidov.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 30-aprel, payshanba kuni, 2019/2020-o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida OTMlardagi bitiruv imtihonlari 2020-yildan onlayn o‘tkazilishi va kirish imtihonlari soddalashtirilishi ma’lum qilingan edi. 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют