» » Andijonda homilador ayol kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB esa voqea boshqacha bo‘lganini ma’lum qildi

Andijonda homilador ayol kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB esa voqea boshqacha bo‘lganini ma’lum qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yosh kelinchak eri xiyonat qilganidan xabar topib, uni tuman markazidagi ko‘p qavatli uyga izlab borgani, u yerda esa homilador ayolni ijara uyda fohishaxona tashkil qilgan ayol kaltaklagani haqidagi videoxabar tarqaldi. Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi voqea aslida boshqacha bo‘lganini ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, videotasvirdagi voqea 2020-yilning 1-avgust kuni soat 11:20 da Buloqboshi tumani “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasida sodir bo‘lgan.

Viloyat IIBning yozishicha, tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida Buloqboshi tumani “Sohibkor” mahallasida yashovchi fuqaro D.M. turmush o‘rtog‘i Sh.M. bilan Tico avtomashinasida oyog‘ini shifokorga bog‘latish maqsadida manziliga borganida shu ko‘chada yashovchi voyaga yetmagan fuqaro M.X. uning mashinasiga turtilib ketgan.

Bundan jahli chiqqan haydovchi bolani uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan. Oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin boladan kechirim so‘rash maqsadida uning yashash uyiga borgan. Shunda bolaning onasi M.G‘. haydovchi va uning turmush o‘rtog‘ini uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, urgan.

“Bo‘lib o‘tgan holatdan so‘ng ayol shu kunning o‘zida haydovchi va uning turmush o‘rtog‘idan kechirim so‘ragan. Ushbu holat yuzasidan 2020-yilning 9-avgustiga qadar Buloqboshi tumani ichki ishlar bo‘limiga hech qanday ariza va shikoyatlar kelib tushmagan”, — deyiladi viloyat IIB tarqatgan xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Buloqboshi IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlarida ushbu videotasvir tumanning “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasida yashovchi fuqaro N.E. tomonidan internetga joylanib, noto‘g‘ri izohlangani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют